Laosda to‘g‘onning o‘pirilishi tufayli yuz bergan suv toshqini oqibatida 40 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Shuningdek, 200 dan ortiq kishining bedarak yo‘qolgani xabar qilingan.
Sepian-Se Nam Noy GESining qurilayotgan to‘g‘oni o‘pirilib ketgan. Oqibatda Sanamsay hududidagi 42 ta qishloqdan 6 tasini suv bosgan.
Laos bosh vaziri Txonglun Sisulit vazirlar mahkamasi yig‘ilishini bekor qilib, qutqarish ishlarini nazorat qilish uchun voqea joyiga borgan.
Izoh (0)