IShID Kanadaning Toronto shahridagi otishma uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Otishma oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, yana 12 kishi jarohatlangan edi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Otishmani uyushtirgan shaxs IShID askarlaridan biri edi. U IShIDning koalitsiya mamlakatlari fuqarolariga hujum qilish da’vatiga amal qilgan”, — deyiladi IShID bayonotida. U 25-iyul, chorshanba kuni “Amak” targ‘ibot portaliga joylashtirilgan.
Kanada politsiyasi otishmani 29 yoshli Faysal Husayn amalga oshirganligini aniqladi. Husayn oilasining so‘zlariga qaraganda, u bolaligidan jiddiy ruhiy muammolardan aziyat chekib kelgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)