Yaponiyada 23-iyul kuni jazirama sababli 13 kishi halok bo‘ldi, ikki mingdan ortiq odam quyosh urishi bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda 24-iyul, seshanba kuni Yaponiya meteoxizmati ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Saytama prefekturasida 23-iyul, dushanba kuni havo harorati Selsiy bo‘yicha 41,1 darajagacha ko‘tarilganligi ta’kidlanmoqda. Bu bilan mamlakat uchun yangi tarixiy rekord o‘rnatilgan.
Shu bilan bir paytda Yaponiya poytaxti Tokioda havo harorati ilk bor 40 darajadan oshgan.
16—22-iyul kunlari davomida butun Yaponiya bo‘ylab 21 ming kishi quyosh urishi bilan shifoxonaga yetkazilganligi, ulardan 65 nafari vafot etganligi xabar qilinmoqda.
Izoh (0)