Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni 61 yoshni qarshiladi. Shu kuni “Milliy TV” va “O‘zbekiston 24” telekanallari orqali Shavkat Mirziyoyev haqida “Janob Prezident” nomli maxsus film namoyish etildi.

Filmdan O‘zbekiston davlat rahbarining intervyusi ham o‘rin olgan bo‘lib, intervyu davomida Shavkat Mirziyoyev o‘z oilasi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Har bir insonning hayotidagi eng katta narsa bu — oila. Oila men uchun muqaddas. Kim bo‘lishingdan qat’i nazar, oiladagi tarbiya, oiladagi muhit, oiladagi halollik, munosabatga alohida e’tibor bermasang, hech qachon natija bo‘lmaydi.

Men farzandlarimning tarbiyasiga juda katta e’tibor berardim. Har bir farzandimga ham, nevaramga ham o‘zimning alohida munosabatim bor. Har bir nevaramni alohida xarakterini bilaman, niyatini bilaman, istagini bilaman.

Inson o‘zini baxtliman deyishga qachon haqli? Agar oilang bilan baxtli bo‘lsang, o‘zingni baxtli sanashga haqing bor. Faqat oilam baxtli bo‘lishi emas, xalqim ham baxtli bo‘lsa, men o‘zimni baxtli deb bilaman.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada turar joy binosidagi portlash oqibatida 6 kishi jarohat oldi
Mahalliy
Toshkentda Lacetti Nexia-3 bilan to‘qnashib, olti nafar piyodani ham urib yubordi
Madaniyat
“Ummon” guruhining ikki oydan ko‘proq komada bo‘lgan xonandasi Zohid Risqiyev o‘ziga keldi (video)