Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Milliy bank Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida Deutsche Bank bilan 500 million yevro miqdorida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha bitim imzoladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Deutsche Bank

Foto: Deutsche Bank

Mazkur bitim iqtisodiyotning energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, neft-kimyo, infratuzilma, metallurgiya, aviatsiya va boshqa turli sohalarida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun kredit liniyalarini ajratishni nazarda tutadi.

Bitimning o‘ziga xosligi shundaki, turli davlatlar, jumladan, AQSh, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Italiya va Ispaniyadan uskunalar hamda texnologiyalar importi uchun uzoq muddatli moliyalashtirish taqdim etiladi.

Bundan oldin Milliy bank Germaniyaning boshqa yetakchi banklari, xususan, Commerzbank AG va AKA Bank bilan ham kelishuvlar imzolagandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Sport
Olivye Jiru Fransiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi