Qozog‘istonning Tarbag‘atay tumanida arxeologlar Yeleke Sazi qo‘rg‘onidagi qazishma ishlarida uch mingga yaqin tilla buyumlarni topdi. Ular miloddan avvalgi VIII—VII asrlarga taalluqli. Bu haqda viloyat akimi matbuot xizmatiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Tarbag‘atay massivini o‘rganish chog‘ida 200 ta qo‘rg‘on topilganligi ta’kidlanmoqda. Yeleke-2 maqbarasini qazish ishlari jarayonida uch mingdan ortiq tilla buyumlar topilgan.
Ular orasida boshqa hech bir qabristondan topilmagan noyob buyumlar, masalan, ayollar ziraklari, qimmatbaho toshli ayollar marjoni, shuningdek, otlar uchun oltindan ishlangan aslaha bor.
Bu topilmalar o‘sha zamon odamlarida texnologiyalar, metallurgiya ixtisosligi rivojlanganligi, konlar, foydali qazilmalar qazib olish kashf etilganligini taxmin qilish imkonini beradi.
Hozirgi paytda qo‘rg‘onda qazish ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)