Farg‘ona viloyatining Quva tumanida 20-iyul kuni “O‘raboshi” MFYda yashagan, muqaddam sudlangan D.S. uyida o‘zaro janjal tufayli rasmiy nikohsiz turmush o‘rtog‘i M.Sh.ning oyoqlariga pichoq urib, jarohatladi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Shundan so‘ng M.Sh. ham turmush o‘rtog‘ining bo‘yin va ko‘kragiga pichoq urib, yaraladi.
Hodisa oqibatida D.S. voqea joyida halok bo‘ldi. M.Sh. esa kasalxonaga yotqizildi.
Izoh (0)