20-iyul kuni Toshkent hokimiyati huzuridagi jamoatchilik kengashi O‘zbekiston poytaxti gerbini ishlab chiqish bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazilishi haqida e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Tanlov vazifasi — badiiy vositalardan toshkentliklarda g‘urur, vatanparvarlik va birlik hissini uyg‘otuvchi Toshkent ramzini yaratishdan iborat, deyiladi jamoatchilik kengashi xabarida.
Tanlovda tasviriy san’at, dizayn, grafika, illyustratsiya, reklama va faoliyatning aralash sohalarida kasbiy ta’lim yoki professional tajribaga ega mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.
Tanlov 16-iyuldan 25-avgustga qadar o‘tkaziladi.
Ishtirok etish uchun quyidagilar zarur:
- hokimiyat saytidan tanlov haqidagi nizom va texnik vazifalar bilan tanishish;
- Toshkent ramzini (gerbi) ishlab chiqish va g‘oya tafsilotlarini yoritish;
- grafik fayl va tafsilotlar matnini, shuningdek bog‘lanish uchun ma’lumotlarni gerb@gorod.uz elektron pochtasiga yuborish. Xat mavzusiga albatta “Shahar ramzi (gerbi) tanloviga” deb yozilishi kerak.
Ishlar 2018-yil 18-avgust 24:00 ga qadar qabul qilinadi. Tanlov yakunlari 25-avgust kuni hokimiyat saytida e’lon qilinadi.
Tanlov yakunlari bo‘yicha bir nafar g‘olib, ikkinchi o‘rinni olgan ikki nafar va uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan uch sovrindor aniqlanadi. Tanlov g‘olib va sovrindorlari tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.
Tanlovning sovrin jamg‘armasi 10 million so‘m va hamkorlarning qimmatbaho sovg‘alaridan iborat.
Izoh (0)