Tojikistonda 130 mingga yaqin o‘quvchi o‘zbek tilida ta’lim olmoqda. Tojikiston fan-ta’lim vaziri o‘rinbosari R.Mirboboyev mamlakatning birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida bu haqda ma’lum qilgan, deb yozmoqda O‘zA.
Vazir o‘rinbosarining qayd etishicha, Tojikistonda o‘zbek tilida o‘qitishga ixtisoslashgan maktablar soni 70 dan ziyodni tashkil qiladi. Yana 426 ta umumta’lim muassasasida tojik tili bilan birga o‘zbek tilida o‘qitish ham yo‘lga qo‘yilgan.
Ayni paytda Tojikiston fan-ta’lim vazirligi qoshida o‘zbek tilidagi o‘quv-metodik adabiyotlarni tayyorlash guruhi ish olib bormoqda.
Izoh (0)