Toshkent shahrining Olmazor tumanida 19-iyul kuni 17 yoshli o‘quvchi 9-qavatdan yiqilib, halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Avvalroq bir qator nashrlarda Olmazor tumanida 19-iyul kuni 2000 yilda tug‘ilgan yigit o‘zini 9-qavat tomidan tashlab, halok bo‘lgani haqida xabarlar berilgan edi. Bosh prokuratura yigit o‘z joniga qasd qilgani haqidagi axborotni rad etdi.
Xabar berishlaricha, 19-iyul kuni Olmazor tumani Sebzor dahasi “Yuqori Sebzor” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, Farmatsevtika akademik litseyi 2-kurs o‘quvchisi, 2000 yilda tug‘ilgan M. uyning 9-qavatiga televizorga antenna qo‘yish uchun chiqqan.
Biroq, o‘z ehtiyotsizligi tufayli tushib ketib, voqea joyida vafot etgan. “M.ning otasi va onasi bo‘lib o‘tgan baxtsiz hodisa yuzasidan da’vosi yo‘qligini ma’lum qilib, bu haqda dalolatnoma rasmiylashtirilgan”, — deyiladi prokuratura axborotida.
Izoh (0)