Vazirlar Mahkamasining 30-iyundagi qarori bilan Chet el avtotashuvchilarining O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tranzit harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘nalishlar ro‘yxatiga tuzatishlar kiritildi, deb yozadi Norma.
Natijada mavjud bo‘lgan sakkizta yo‘nalish o‘zgarishlarga uchradi. Shuningdek, ro‘yxatga yana shuncha miqdorda yangi yo‘nalishlar kiritildi, bular Turkmaniston (№45, 46, 47), Afg‘oniston (№48, 49), Tojikiston (№50) va Qirg‘iziston (№51, 52) chegaralari orqali o‘tadigan yo‘nalishlardir. Shu tariqa, endi chet el tashuvchilari tranziti uchun O‘zbekiston bo‘ylab 52 ta yo‘nalish bor.
Izoh (0)