2018-yil 3-aprel kuni soat 19:00 larda Oltiariq tumanida yashovchi sudlanuvchi X.B. o‘zining yashash uyi hojatxonasida sog‘lom qizaloqni dunyoga keltiradi. Bu haqda “Darakchi.uz”nashri xabar beradi.
Bir oylik kelinchak ushbu holatdan sharmanda bo‘lishdan qo‘rqib, chaqalog‘ini qasddan o‘ldirish maqsadida uni hojatxona ichiga tashlab yuborib, chaqaloqni yashirish maqsadida hojatxona ichiga xom va pishgan g‘isht bo‘laklarini chaqaloqni ustiga tashlab yuborgan.
Shundan so‘ng X.B mazkur holatni yaqinlaridan yashirib, qornida bo‘lgan bir oylik homilasi tushish xavfi bo‘layotganligi sababli qon ketayotganligini aytganligi uchun yaqinlari tomonidan Oltiariq tuman markaziy shifoxonasiga olib borilib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Bu vaqtda xonadonda qolgan fuqaro F.M hojatxona ichidan chaqaloq yig‘isi kelayotganligini eshitib, hojatxona ichida bo‘lgan chaqaloqni qo‘shnilar yordamida olib chiqib, tuman markaziy shifoxonasiga olib borgan.
Oltiariq tuman Markaziy shifoxonasida chaqaloqqa ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordam natijasida chaqaloqning hayoti saqlab qolinib, X.Bning jinoiy qilmishi oshkor bo‘ladi.
Sudda sudlanuvchi X.B aybiga to‘liq iqror bo‘ldi va qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini aytdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Buvayda tuman sud X.B.ga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Izoh (0)