Samarqand viloyatida o‘tkazilgan Xalq deputatlari viloyat Kengashining 54-sessiyasida Narpay tumanidagi bog‘chadagi achinarli holat bo‘yicha ham to‘xtalib o‘tildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.
Tumandagi bog‘chaning bir guruhida me’yoridan ortiq bola bor, ovqatga solinadigan 11 kilogramm go‘shtning yarmi ishlatilib, yarmini esa muzlatgichda saqlab qo‘yilgan. Savol tug‘iladi, go‘shtning 6 kilogrammi bolalarga berilsa, qolgan 5 kilogrammi qayerga ketyapti? Qani bu yerda deputatlarimiz qachon bog‘chaga kiribdi?Tumandagi eng zo‘r QVP deb e’tirof etilgan maskanda navbatchi shifokor yo‘q, bir ishi bilan chiqib ketgan.
Bemorlardan dorilarni qayerda olib kelganini so‘raganimizda uyidan olib kelayotganligini bildirdi. Vaholankgi, QVP dorilar bilan to‘la. Lekin bemorlar dorilarni uyidan olib kelyapti. Savol tug‘iladi, QVPdagi dorilarni nima qiladi? Yoki kimga sotadi?
Shaharning eng ko‘zga ko‘ringan shifoxonasidan bir kunda 97 million so‘mlik kamomad topildi. Bu masalaga ham deputatlar jim qarab turibdi. Agar bizlarni deputatlar qo‘llab-quvvatlab yonimizda turmas ekan, hech qanaqa o‘zgarish bo‘lmaydi.
Erkinjon Turdimov, Samarqand viloyati rahbari
Izoh (0)