O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq joriy o‘quv yili uchun 10 ta mutaxassislikka jami 200 nafar tinglovchi qabul qilinadi.
Qabul kvotalarining 65 tasi davlat granti asosida, 135 tasi esa to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinishi belgilab berildi.
Eng ko‘p tinglovchi “Tijorat banklarini boshqarish” mutaxassisligiga (45 ta) qabul qilinsa, “Sug‘urta kompaniyalarini boshqarish” mutaxassisligiga faqat to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Akademiya magistraturasiga iqtisod sohasida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan, yoshi 35 dan oshmagan nomzodlar vazirliklar va boshqa tashkilotlar rahbarlarining yo‘llanmalari asosida qabul qilinadi.
Izoh (0)