Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Avvalroq Buxoroda o‘z qiyofasini “erkak”ga o‘zgartirib, qo‘shnisining 10 million so‘mdan ortiqroq tilla taqinchoq va pullarini qo‘lga kiritgan ayol haqida xabar berilgan edi. “Yangi davr” dasturida ushbu ayol haqida lavha efirga uzatildi, deb xabar beradi Uz24.

Foto: Kadr

Foto: Kadr

Ma’lum bo‘lishicha, uning asl ism-sharifi — Charos Tillayeva, yoshi 29 da. Shofirkon tumani “Kalon” mahalla fuqarolar yig‘ini “Kalon” qishlog‘ida istiqomat qiladi. Muqaddam sudlangan bu ayol ilgari ham bir necha marotaba shu kabi ishlar bilan shug‘ullangan.

Charos Tillayeva Jinoyat Kodeksining 168-moddasining (firibgarlik) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga oylik ish haqining 15 foizini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan bir yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi