Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida Xoja Ahmad Yassaviy ziyoratgohidan baland bo‘lmagan o‘rta asrlar uslubiga xos turar joylar qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda ushbu viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Foto: “Xalq so‘zi”

Foto: “Xalq so‘zi”

“Turkistondagi uylar ko‘p qavatli bo‘lmaydi. Sababi ularning balandligi Xoja Ahror Yassaviy ziyoratgohidan oshib ketmasligi kerak. Muqaddas qadamjo har tomondan ko‘rinib turishi kerak. Xonadonlar o‘rta asr me’morchiligi uslubida barpo etiladi. Mamlakatda juda bo‘lmasa bitta viloyat tarixiy ko‘rinish kasb etsin”, — dedi Turkiston viloyati hokimi Janseit Tuymebayev.

Hudud rahbari bu yerda turistlar uchun qulay sharoitlar yaratish lozimligi, yangi aeroport, temir yo‘l vokzali, avtovokzal, mehmonxona va kafe qurilishi haqida ma’lum qildi. O‘z navbatida, viloyatda buyuk avliyo va mutafakkir merosiga bag‘ishlangan muzey bunyod qilinadi.

“Prezident topshirig‘i doirasida har bir mintaqa Turkistonda bittadan inshoot qurib beradi. Masalan, Ostona hokimi Aset Isekeshov Turkistonda ‘Ostona’ bog‘ini barpo etishni taklif qildi”, — dedi u.

Bundan oldin ushbu viloyat hokimi Turkiston Samarqand, Buxoro, Xiva singari sayyohlik markazlaridan biriga aylanishi kerakligini bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yili Qozog‘istonda Chimkent respublika maqomidagi shaharga, Turkiston esa shu nomli viloyat (avvalgi Janubiy Qozog‘iston viloyati) markaziga aylantirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda to‘yda yo‘qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduq ichidan topildi
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi