Bugun, 15-iyul kuni tongda Rio-2016 Olimpiadasi va jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliyev o‘zining navbatdagi jangida argentinalik Luis Fernando Molinaga qarshi ringga chiqdi.

Foto: MOQ

6 raund to‘liq davom etgan mazkur jangda g‘olib ochkolar hisobiga ko‘ra aniqlandi. Hakamlar qaroriga ko‘ra Ahmadaliyev jangda muvaffaqiyat qozondi va navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ahmadaliyev bungacha ikki marotaba jang o‘tkazib, ularning ikkalasida ham raqiblarini nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi. Molina esa 12 ta jang o‘tkazgan. Shu janglarning 7 tasida u raqiblarini mag‘lub etgan (2 tasida nokaut). 4 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Bitta jangda durang qayd etgandi.

Shu tariqa Murodjon Ahmadaliyev ham o‘zining prof boksdagi 3 g‘alabasini tantana qildi.