12-iyul kuni Ishtixon tumani IIB xodimlari tomonidan Ishtixon tumani “Bo‘ronxo‘ja” mahallasi Uyg‘onish qishlog‘ida yashovchi 1962-yilda tug‘ilgan fuqaro R.M.ning yashash uyi tomorqasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, giyohvandlik o‘simligi yetishtirib kelinganligi aniqlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev ma’lum qildi.
Fuqaro uyining old va yonbosh tomonidagi tomorqasining ekin ekish uchun mo‘ljallangan 700 kvadrat metr yer maydoniga jami 36 tup, yashil rangli, o‘tkir hidli, bo‘yi taxminan 50 santimetrdan 150 santimetrgacha bo‘lgan kannabis giyohvandlik o‘simligini qonunga xilof ravishda ekib, yetishtirib kelayotganligi aniqlandi.
34 kilogramm kannabis giyohvandlik o‘simligi va qismlari ashyoviy dalil sifatida olinib, ushbu holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)