GM Uzbekistan avtomobil dеtallarini mahalliylashtirish bo‘yicha axborot markazini ishga tushirdi. Bu haqda GM Uzbekistan jamoatchilik bilan aloqalar xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Endilikda avtomobil butlovchi qismlar ishlab chiqarish istagida bo‘lgan tadbirkorlar +998 74 233-04-40 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishi va qiziqtirgan savollarga javob olishi mumkin. Savollarga Ta’minotchilarni rivojlantirish va ishlab chiqarishni qo‘llab quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Kandiyor Asadov javob beradi.
Izoh (0)