Afg‘oniston sharqida dambaning portlashi tufayli yuz bergan suv toshqini oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, Ariana telekanaliga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Halokat Panjsher viloyatida yuz bergan. Bir necha qishloqlarni suv bosgan. Kamida 300 ta uy vayron bo‘lgan.
Mahalliy hukumat qurbonlar sonining ortishi mumkinligini ma’lum qilgan. Suv toshqini davom etmoqda.
Voqea joyida qutqaruv-qidiruv ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)