O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqarishni ko‘paytirmoqda, biroq avtobus va yuk mashinalarini ishlab chiqarish hajmi kamaygan. Bu haqda Statistika qo‘mitasiga tayanib, Spot xabar berdi.
2018-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 78 035 ta yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 foizga ko‘proqdir. Shuningdek, avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish 22,9 foizga ortgan. 2018-yilda 59 850 ta dvigatel ishlab chiqarilgan.
O‘zbekiston avtobus va yuk mashinalarini ishlab chiqarishni kamaytirishda davom etmoqda. 2017-yilning yanvar-iyun oylarida 389 ta avtobus va 2067 ta yuk mashinasi, 2018-yilning mos davrida 269 ta avtobus va 1 550 ta yuk mashinasi ishlab chiqarilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, yanvar-iyun oylarida mamlakat korxonalari 94,0 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan. 2017-yilning mos davriga nisbatan o‘sish surati 10,7 foizni tashkil qilgan.
Izoh (0)