11-iyul, chorshanba kuni Xotin-qizlar qo‘mitasi va Aholishunoslik bo‘yicha BMT jamg‘armasi (UNFPA) Butunjahon aholishunoslik kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi. Bu haqda Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Butunjahon aholishunoslik kuni har yili 11-iyul kuni nishonlanadi. Ushbu an’ananing ildizi 1987-yilga borib taqaladi. O‘sha yili xalqaro hamjamiyat sayyora aholisining 5 milliardga yetganini nishonlagan.
Bu yilgi Butunjahon aholishunoslik kunining mavzusi — “Oilani shakllantirish — inson huquqidir”.
UNFPA ayollarning huquqlarini ta’minlash borasida yillar davomida Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Butunjahon aholishunoslik kuni Toshkent shahridagi Ecopark’da oilalar o‘rtasida sport musobaqasini o‘tkazish bilan yakunlandi. Musobaqalar yugurish, stol tennisi va shashka bo‘yicha o‘tkazildi.
Izoh (0)