O‘zbekistonda Lada sotuv hajmi 2018-yilning birinchi yarmida uch marta oshdi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilindi, deb yozadi Spot.
O‘tgan olti oy ichida Rossiya avtomobil ishlab chiqaruvchisi mamlakatda 785 ta avtomobil sotdi, bu o‘tgan yilning birinchi yarmi natijalaridan uch marta ortiqdir.
Tashqi bozorlarda sotuv hajmi bo‘yicha yetakchilar Qozog‘iston va Belarus bo‘ldi, u yerda Lada tegishli ravishda 5 854 va 4 206 ta avtomobil sotdi. Lada Qozog‘istonda nafaqat sotuv, balki ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha ham birinchi pozitsiyani egallagan.
Avvalroq Lada vakillari joriy yilda O‘zbekistonda besh mingtagacha avtomobil sotishni rejalashtirayotganligini ma’lum qilgan edi.
“AvtoVAZ”ning eksport sotuvlari bo‘yicha menejeri Ilya Simakinning ma’lum qilishicha, kompaniya joriy yilda 3—4 ming avtomobil sotishni rejalashtirmoqda. Narxlar 500 ming rubl (8 ming dollar atrofida) va undan yuqoridan boshlanadi.
Izoh (0)