Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatdan o‘tkazildi, deb yozadi Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali.
Nizomda shikastlangan chet el valyutasini muomalaga yaroqli deb topish asoslari ham ko‘rsatilgan.
Xususan, quyidagi shikastlanish belgilari mavjud bo‘lgan banknotalar muomalaga yaroqli qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi:
- tasvirini (shaklini) aniqlash imkonini beradigan darajada siyqalangan va ifloslangan bo‘lsa;
- enining (bo‘yining) to‘rtdan bir qismidan oshmagan yopishtirilgan yirtiqlarga ega bo‘lsa;
- qo‘yilgan burchaklari yoki qismlari (1 santimetr kvadrat ikkitadan oshmagan) bo‘lsa hamda yirtib olingan burchaklari yoki qismlar aniq ushbu banknotaga tegishli bo‘lsa;
- mayda dog‘lar, yozuvlar, shtamp izi (bunda yozuv yoki shtamp izi ikki donadan oshmagan bo‘lishi lozim) bo‘lganda hamda ular banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan asosiy himoya belgilaridan birining 50 foizidan ortig‘ini to‘sib qo‘ymagan bo‘lsa;
- banknotada diametri 1 millimetrdan oshmagan va ikkitadan ko‘p bo‘lmagan teshiklar bo‘lsa.
Izoh (0)