O‘zbekiston Rossiyaga to‘tiqush eksport qiluvchi asosiy mamlakat bo‘ldi. Bu haqda “Rossiya eksportyorlari” yagona axborot portaliga tayanib, “Spot” xabar berdi.
2017-yili Rossiyaga 22 ming dollarlik 17,08 mingta to‘tiqush import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 19 foizga kam.
Importning eng past ko‘rsatkichi 2017-yilga to‘g‘ri kelgan (82 foiz). 2015-yil to‘tiqushlar importi 122 ming dollarga teng bo‘lgan.
2016-yildan boshlab O‘zbekiston (40,7 foiz), Mali (33,3 foiz) va Solomon orollari to‘tiqushlarni (18,5 foiz) Rossiyaga import qiluvchi asosiy mamlakatlarga aylandi.
2017-yili Rossiyaga 2 ta mamlakat to‘tiqushlarni eksport qilgan: O‘zbekiston (78,3 foiz) va Surinam (16,7 foiz).
Dunyo mamlakatlariga to‘tiqushlarni eksport qiluvchi asosiy mamlakat — Janubiy Afrika Respublikasi (28 foiz). 2017-yili Bangladesh (12,3 foiz), Yaponiya (9,6 foiz) va Koreya (9,4 foiz) asosiy ta’minotchilar bo‘ldi.
Izoh (0)