FIFA tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann Jahon Chempionatining chorak finalida Urugvayga qarshi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi.
Urugvay—Fransiya uchrashuvi “faranglar”ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvning 40-daqiqasida aynan Antuan Grizmanning uzatmasini Rafael Varan boshi bilan Fernando Muslera darvozasiga joylab qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limning 66-daqiqasida bu safar Grizmanning o‘zi jarima maydoniga kirmasdan kuchli zarba berib, Muslerani dog‘da qoldirdi va Fransiyani yarim finalga chiqishini ta’minladi.
Bugun Braziliya—Belgiya uchrashuvidan so‘ng Fransiyaning yarim finaldagi raqibi nomi ma’lum bo‘ladi.
Izoh (0)