Hukumatning 2018-yil 5-iyuldagi qarori bilan Soya yetishtiruvchilar uyushmasi tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.
Uyushmaning asosiy vazifasi etib, shu jumladan soya yetishtirishni tashkil etishni kompleks rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish, yagona ilmiy-texnik, texnologik va investitsion siyosatning amalga oshirilishiga ko‘maklashish belgilandi.
Fermer xo‘jaliklari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar shartnoma asosida uyushmaga mustaqil a’zo bo‘lishi mumkin va uning tarkibidan chiqish huquqiga ega. Uyushma faoliyatini moliyalashtirish uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning ixtiyoriy ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Izoh (0)