Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahon Chempionati boshlanmasidan avval Marca nashri hakamlar qanchadan pul olishi haqida xabar bergandi.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Unga ko‘ra mundial uchun bosh hakam 57 ming yevro, shuningdek, har uchrashuv uchun 2 500 yevrodan pul olardi. Qanot hakamlari esa musobaqadagi ishtirok uchun 20 ming yevro va har bir o‘yin uchun 1 600 yevro pul topishi belgilangan edi. “Championat.asia” nashri esa o‘zbek hakamlarining Jahon Chempionatida ishlab topgan pullarini xomcho‘t qilib ko‘rdi.

Shu tariqa mundialga borganligi uchun Ravshan Ermatov 57 ming yevro pul ishlab olgan bo‘lsa, boshqargan 2 ta uchrashuvi uchun 2 500 yevrodan pul oladigan bo‘ldi. Demak, Ermatovning o‘zi Rossiyadagi musobaqada jami 62 000 yevro ishlab topdi.

Qanot hakamlari Abduhamidillo Rasulov va Jahongir Saidovning har biri Jahon Chempionati paytida 23 200 yevrodan pul ishlab topdi. O‘zbekistonlik hakamlar umumiy hisobda 108 400 yevroga ega bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi