“Fermer xo‘jaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash va ularga bank xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.
Qaror bilan fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tashkil etildi.
Markazlar fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi yuritilishini ta’minlaydi.
Qarorga ko‘ra, bir oy muddatda fermer xo‘jaliklarida soddalashtirilgan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishga mo‘ljallangan maxsus dasturiy ta’minot ishlab chiqilib, u Markazlar va fermer xo‘jaliklariga bepul tarqatiladi.
Izoh (0)