Suriyaning Duma shahrida bolalar istirohat bog‘i ochildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Mahalliy hukumat shaharda tinch-osoyishta hayotni tiklashga harakat qilmoqda. Bu haqda istirohat bog‘i direktori Xalil Mahmud Al EsMa jurnalistlarga ma’lum qilgan. Hukumat ko‘magida yo‘llar va shahar infratuzilmasi tiklanib, endilikda istirohat bog‘i faoliyat olib bormoqda.
“Istirohat bog‘i bu yerda oldin ham bo‘lgan. Biz shunchaki uni qayta tashkil qildik. Ta’mirladik, bog‘ ishini yo‘lga qo‘ydik. Biz urushdan oldingi o‘tmishimizga qaytganday bo‘ldik”, — deydi bog‘ direktori.
Istirohat bog‘ida keyingi haftadan boshlab o‘yingohlarning ko‘paytirilishi xabar qilingan.
“Men Suriya armiyasi zobitiman, bu yerga bolalarni qo‘riqlash, ularning xavfsiz yerda o‘ynashini ta’minlash uchun kelganman. Axir ular bunday narsalarni ko‘rmaganiga 7 yil bo‘ldi. Menimcha, bu juda ham muhim ish. Bu yerda ekanimdan xursandman”, — deya Suriya armiyasi harbiy xizmatchisi Usama Roslan jurnalistlarga intervyu bergan.
Suriyada harbiy harakatlardan keyingi tiklanish ishlari olib borilmoqda. Aholi yashash punktlari va infratuzilma tiklanmoqda. Suriya hukumati Rossiya yordamida qochoqlarning o‘z uylariga qaytib kelishi uchun barcha choralarni amalga oshirmoqda.
Izoh (0)