O‘zbekiston Oliy Majlis Senatining XV yalpi majlisida ko‘pchilikka qiziq mavzu — to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish masalasi muhokama qilindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar bermoqda.
O‘zbek xalqining milliy urf-odatlari, hududlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, senatorlar to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishi borasida yagona, qat’iy normalar belgilanishi maqsadga muvofiq emas, degan xulosaga keldi.
Zotan, o‘zbek xalqi xohish-irodasi to‘y-hasham va boshqa oilaviy tadbirlarni ixcham o‘tkazishni yo‘lga qo‘yishga muayyan me’yoriy hujjat bilan emas, aholi o‘rtasida keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot, shaxsiy ibrat, namunali tadbirlar misolida erishish har jihatdan foydali ekanini ko‘rsatdi.
Senatorlar fikricha, oilaviy tadbirlarni milliy qadriyatlar asosida kamxarj, dabdabalardan xoli o‘tkazishni keng jamoatchilik va har bir inson ongli ravishda anglab yetmog‘i lozim.
Izoh (0)