O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev Airbus Group korporatsiyasining Yevroosiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Silver Delone bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston tomoni Yevropaning Airbus Group aerokosmik korporatsiyasiga qarashli Airbus Defence & Space kompaniyasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur kompaniya harbiy va aerokosmik xizmatlarni ko‘rsatuvchi, uskunalar, mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik muassasa hisoblanadi.
Uchrashuvda tomonlar kosmik tadqiqotlarni tashkil qilish, yuqori texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirishni kelishib oldi.
Izoh (0)