Bugun, 27-iyun kuni Tojikiston davlat bayramlaridan biri — Milliy birlik kunini nishonlamoqda, deb yozadi EADaily.
An’anaga ko‘ra, Milliy birlik kuniga bag‘ishlangan tantanalar respublikaning biror-bir viloyatida o‘tadi. Bu yil ular respublika shimolida, So‘g‘d viloyatida o‘tmoqda. Asosiy bayram tantanalari Konibodomda prezident Emomali Rahmon ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Mamlakat rahbari viloyatga ishchi tashrif bilan kelgan va yangi obyektlarni ochadi.
Milliy birlik kuni — Tojikistonning rasman belgilangan bayramlaridan biri. U Tojikiston prezidentining farmoni bilan belgilangan va mamlakatning 1998-yil 22-may kungi qonuni bilan mustahkamlangan.
Izoh (0)