Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Gari Lineker Germaniya JCh—2018 dagi ishtirokini guruh bosqichida yakunlagach, mashhur iborasiga o‘ziga xos tarzda o‘zgartirish kiritdi.
“Futbol — 22 kishi 90 daqiqa to‘p ortidan yuguradigan oddiy o‘yin, ammo nemislar har doim ham yutavermaydi. Oldingi versiya tarixga aylandi”, — deb yozadi Lineker Twitter’dagi rasmiy sahifasida.
Ma’lumot uchun JCh—1990 ning yarim finalida Angliya Germaniya federativ respublikasiga penaltilar seriyasida yutqazib qo‘ygach, Lineker “Futbol — 22 kishi to‘p ketidan yuguradigan, yakunda esa nemislar g‘alaba qozonadigan oddiy o‘yin”, — deb aytgandi. Keyinchalik uning bu iborasi o‘ta mashhur bo‘lib, ommalashib ketgandi.
Izoh (0)