Biroz oldin futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionati “F” guruhida 3-tur o‘yinlariga yakun yasaldi.
Meksika terma jamoasi yarim himoyachisi Xesus Galyardo JCh-2018 guruh bosqichining 3-turi doirasidagi Shvetsiya qarshi o‘tkazilgan o‘yinning 15-soniyasida qo‘polligi uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.
Shu tariqa Galyardo Jahon Chempionatida eng tez sariq kartochka olgan futbolchiga aylandi.
Avvalgi rekord 1986-yilgi mundial o‘yinida 51-soniyadayoq qizil kartochka olgan urugvaylik Xose Batistaga tegishli edi.
Izoh (0)