Oq Uy matbuot kotibi Sara Sanders Red Hen restoranidan chiqarib yuborildi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Aytilishicha, restoran xodimlari u Donald Trampni qo‘llab-quvvatlagani uchun unga xizmat ko‘rsatishdan bosh tortgan.
Sara Sanders Twitter’dagi sahifasida bu voqeani aytib berdi.
“O‘tgan kech Virjiniya shtatida, Leksingtonadig Red Hen restorani egasi AQSH prezidentiga ishlaganim uchun muassasani tark etishimni so‘radi. Men xushmuomalalik bilan javob berib, chiqib ketdim. Ayolning xatti-harakatlari men haqimda emas, u haqda ko‘proq narsa aytadi. Men barchaga, ularning fikriga qo‘shilmasam ham, hurmat bilan qarashga intilaman”, — deb yozdi u.
Izoh (0)