Moskvada 20-iyun kuni 20 yoshli o‘zbekistonlik Borisov ko‘lida cho‘kib ketishiga sal qoldi. Bu haqda Fuqarolik mudofaasi, favqulodda vaziyatlar va yong‘in xavfsizligi departamenti ma’lumotiga tayanib, mahalliy OAV xabar bermoqda, deb yozadi “Sputnik O‘zbekiston”.
Qutqaruvchilarning ma’lum qilishicha, muhojir taqiqlangan joyda cho‘milishga qaror qilgan va qirg‘oqdan 15 metrlar masofada cho‘ka boshlagan.
Yong‘in-qutqaruv xizmati xodimlari ko‘lda patrul qilayotib, o‘zbekistonlikni payqab qolgan. Ular yigitni suvdan chiqarib, tez yordam jamoasini chaqirgan.
Izoh (0)