Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Bugun, 20-iyun sanasida Rossiyada o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon Chempionati 2-tur doirasida 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tishi belgilangandi. Ularning dastlabkisi “B” guruhining 2 jamoasi — Portugaliya hamda Marokash o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.​

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Hozirgina kunning ikkinchi uchrashuvi yakunlandi. Unda “A” guruhining 2 jamoasi — Urugvay hamda Saudiya Arabistoni termalari 2-tur doirasida kurash olib bordi.

Bellashuvdagi yagona gol “Barselona” hujumchisi Luis Suares tomonidan 23-daqiqada kiritildi. Shu hisob o‘yin so‘ngiga qadar o‘zgarmay qoldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Urugvay ham Rossiya singari “A” guruhida 6 ochkoga ega bo‘ldi va muddatidan avval pley-offga chiqdi.

Foto: FIFA

Foto: FIFA

Jahon Chempionati

“A” guruhi, 2-tur bellashuvi

20-iyun, chorshanba

Urugvay—Saudiya Arabistoni 1:0

Gol: 1:0 — 23 Luis Suares.​

Urugvay: Muslera, Varela, Ximenes, Godin, Kaseres, Sanches (Nandes, 82), Vesino (Torreyra, 59), Bentankur, Rodriges (Laksalt, 59), Kavani, Suares.

Saudiya Arabistoni: Al-Ovays, Al-Breyk, Xausaui, Al-Bulayhi, Al-Shaxroni, Al-Jassim (Al-Mogaui, 44), Otayf, Baxebri (Kanno, 75), Al-Faraj, Al-Dosari, Al-Muvallad (Al-Saxlaui, 78).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zgidromet” 29-sentabr kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Mahalliy
“Selektor yig‘ilishida ayvonda o‘tirmayapsizmi?” — Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqovning tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishdagi audiosi tarqaldi
Mahalliy
Qashqadaryoda bedarak yo‘qolgan 15 yoshli bolaning jasadi topildi