Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkentda yo‘llar qurilishi va boshqa davlat xizmatlari xususiy biznesga beriladi. Bu haqda Toshkent hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev “Top-500” forumi chog‘ida ma’lum qildi, deb yozadi Spot.

Foto: Spot

Foto: Spot

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir shahardagi asosiy muammolardan biri — bosh rejaning yo‘qligi, binolarni buzish va ko‘chirish ishlarining tartibsizligi, o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarining yo‘qligi.

Hokim vazifasini bajaruvchi eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida shahar ma’muriyatining biznesni rivojlantirishga ko‘maklashishini tilga oldi.

Xususan, davlat xizmatlarining katta qismini — hokimlikning qurilish ishlari, yo‘llar va infratuzilmalar, avtoturargohlar qurilishini va boshqalarni autsorsga berish rejalashtirilmoqda.

“Shaharni hukumat va biznesning birgalikdagi ishtiroki orqaligina rivojlantirish mumkin”, — deya xulosa qildi Ortiqxo‘jayev.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda MDHga a’zo davlatlar rahbarlari norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi (foto)
Kino
Vaqtingizga achinmaysiz: So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi multfilmlari (video)
Dunyo
Putin va harbiylar o‘rtasidagi yopiq uchrashuvdan so‘ng, Rossiya davlat matbuotiga urushdagi muvaffaqiyatsizliklar haqida yozishga ruxsat berildi