Avstriya Rossiya va AQSh prezidentlari — Vladimir Putin va Donald Tramp sammitini qabul qilishga tayyor. Bu haqda Avstriya vitse-kansleri Xayns-Kristian Shtraxe “Rossiya 24” telekanaliga intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Siyosatchi Avstriya — xavfsiz va neytral davlat ekanligi va bu mamlakatga bu kabi tadbirlarni uyushtirish imkonini berishini bildirdi. “Bunday uchrashuvni o‘tkazishga yordam berishga tayyormiz. Bu taklifdan tomonlar foydalanish-foydalanmasligi bizga bog‘liq emas”, — dedi u.
Shu bilan bir paytda Shtraxe sammitga tayyorgarlik ko‘rish masalasida hozircha hech qanday aniqlik yo‘qligini ta’kidlab o‘tdi.
9-iyun kuni ikki davlat rahbarining uchrashuv joyi Vena bo‘lishi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.
Izoh (0)