Astrofiziklarning xalqaro guruhi birinchi marta yulduzning oqim ko‘rinishida qora tuynuk tomonidan yutilishini kuzatdi. Tadqiqotchilar yuqori aniqlikdagi suratni olgan. Unda ufq hodisasiga moddalar tushishi natijasida yuzaga keladigan plazmalarning shakllanishi aks etgan. Bu haqda Science jurnali tomonidan ma’lum qilingan.

Foto: Science

Yulduzning oqimli buzilish jarayoni yulduz yorug‘ligining chaqnashi kabi ko‘rinadi. Yulduzning bir qismi qora tuynukka tushishi va boshqa qismning uchib ketishi hodisasi 30 yil avval bashorat qilingan edi.

Hodisa natijasida yuzaga keladigan radionurlanish bir necha oy hatto yil davomida tarqalishi mumkin. Boshqa kelib chiqadigan effekt sifatida qora tuynuk atrofidan ajralib chiqadigan plazma qayd etilgan.