Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Facebook rahbariyati Mark Sukerberg tomonidan AQSh parlamentida javob berilmagan savollarga yozma javoblarni taqdim etdi. Bu haqda AQSh Kongressi tomonidan e’lon qilingan mazkur maktubga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”

Xabar berilishicha, Facebook quyidagi ma’lumotlarni yig‘ib boradi:

  • Ijtimoiy tarmoq oynasidagi faollik vaqti, chastotasi va davomiyligi (shu jumladan, oyna ochiq yoki fon rejimida turganligi haqidagi ma’lumot);
  • Boshqa saytlarda amalga oshirilgan xaridlar;
  • Foydalanuvchi brauzeridagi plagianlar;
  • Qurilmadagi kursor harakati;
  • Facebook mobil dasturidagi kameradan foydalanish;
  • Fotosuratlarning metama’lumotlari (suratga olingan vaqt va joy);
  • O‘rnatilgan mobil dasturlar;
  • Foydalanuvchi qurilmasidagi fayllar nomi va turi;
  • Mobil dasturlar identifikatorlari;
  • Qurilmadagi bo‘sh joy miqdori;
  • Foydalanuvchining aloqa ma’lumotlari;
  • Android qurilmalaridagi qo‘ng‘iroqlar jurnali va SMS’lar tarixi;
  • Eng yaqin Wi-Fi va mobil aloqa nuqtasi;
  • Kompyuter orqali ulangan mobil va statsionar provayderlar, tarmoqqa ulangan telefonlar, televizorlar va boshqa qurilmalar haqida ma’lumot;
  • Qurilmaning quvvat darajasi;
  • Qurilmadagi sozlamalar va ruxsatlar;
  • Boshqa foydalanuvchilarning ma’lumoti va fotosuratlari, shuningdek, ular bilan o‘zaro aloqa va munosabatlar chastotasi.
Facebook tomonidan qo‘shimcha qilinishicha, boshqa kompaniyalarning foydalanuvchilari haqida ham ma’lumot olish mumkin. Gap onlayn va offlayn haqida bormoqda, biroq aynan qanday kompaniyalar ekanligiga aniqlik kiritilmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda