AQShning “Ouk Ridj” milliy laboratoriyasi 8-iyun kuni dunyodagi eng kuchli superkompyuterni ishga tushirdi, deb xabar beradi “RBK”.
Summit nomli mashinaning ishlashi 200 petaflopsga – bir soniyada 200 ming trillion hisoblarga to‘g‘ri keladi.
Summit’ning ishga tushirilishi AQShga eng kuchli superkompyuterlar reytingida birinchi o‘ringa chiqib olishiga yordam berdi. Reytingda bunga qadar birinchi o‘rinda Xitoyning Sunway TaihuLight superkompyuteri turar edi. Uning ish quvvati 93 petaflopsni tashkil etadi.
“Bugungi Summit superkompyuterining ishga tushirilishi AQShning ilmiy innovatsiyalar va texnologiyalarni rivojlantirish sohasidagi yetakchiligini namoyish etadi. Bu energetika, ilmiy kashfiyotlari, iqtisodiy raqobatbardoshligini va milliy xavfsizlik sohalaridagi tadqiqotlarga katta ta’sir ko‘rsatadi”,— deydi AQSh energetika vaziri Rik Perri.
Izoh (0)