Toshkentdagi Inha universiteti talabasi Doston Mardiyev oddiy erkaklar do‘ppisidan “aqlli” do‘ppi yaratdi. Bu haqda “Yoshlar” telekanalining “Davr” informatsion dasturiga asoslanib, “Xabar.uz” ma’lum qildi.
G‘oya muallifining aytishicha, “Smart do‘ppi” uzoq manzilga otlangan haydovchilarga asqotadi. U mudroq bosgan haydovchini xushiga keltiradi, ko‘ngilsiz hodisalarni oldini oladi.
Do‘ppining ikki yoniga tebranuvchi moslama hamda o‘chirib-yoqish tugmasini o‘rnatilgan. Uni kiyishdan oldin tugma bosiladi. Uzoq masofaga otlangan haydovchi toliqib, mudroq tutsa, bunda bosh har tarafga tebranadi. Shunday paytda gadjet buni sezadi va vibratsion qurilma ishga tushadi. Tebranish haydovchini uyg‘otadi.
Izoh (0)