Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 14-iyun kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 20—22, kunduzi 32—34 daraja issiq bo‘ladi, deb yozmoqda O‘zA.
Farg‘ona vodiysi hamda Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning boshqa hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kechasi 15—20, kunduzi 30—35 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiyda kechasi 18—23, kunduzi 30—35 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda kechasi 20—25, kunduzi 29—34 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda kechasi 20—25, kunduzi 30—35 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘onada kechasi 18—23, kunduzi 29—34 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida kechasi 15—20, kunduzi 18—23 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh (0)