Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida viloyat faollari ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Furqat tumanning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini qattiq tanqid ostiga oldi. O‘zbekiston Prezidenti tumanni tugatish bo‘yicha taklif kiritish to‘g‘risida mutasaddi rahbarlarga ko‘rsatma berdi. Bu haqda “Daryo”ning Farg‘onadagi muxbiri ma’lum qildi.
Shuningdek, videoselektor yig‘ilishi vaqtida tumanning to‘rtta rahbari vazifasidan ozod qilingan.
Furqat tumanining ko‘rsatkichlari respublika bo‘yicha eng past. Nima keragi bor, Furqat rayonini yopish kerak. Rayonning kerak, kerak emasligi to‘g‘risida menga taklif beringlar.Ma’lumot uchun, Furqat tumaniga Ahadjon Madaminov hokimlik qilayotgan edi.Hokimga topshiriq, rayonni to‘rtta rahbarini ishdan olishni menga tavsiya berasan. Bugunni o‘zida prokuroriniyam, melisasiniyam, soliqchisiniyam, hokiminiyam ishdan olasan.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Izoh (0)