Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In AQSh — Shimoliy Koreya sammitining yakuniy hujjatini imzoladi. ABC telekanali mazkur marosimni to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Ikkala yetakchi ham yakuniy hujjatni keng qamrovli va batafsil deb atadi.
Marosim vaqtida Tramp Kim Chen Inga bir necha bor minnatdorchilik bildirdi va bo‘lib o‘tgan muzokaralarni fantastik voqea deb atadi.
“AQSh va KXDR o‘rtasidagi munosabat avvalgidan ko‘ra o‘zgaradi. Biz (Tramp va Kim Chen In) birgalikda ishlashni istaymiz, bizda alohida ahamiyatga ega muhim aloqa paydo bo‘ldi”, — deydi Amerika prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp va Kim Chen In Singapurda 12-iyun kuni tongda tarixdagi ilk AQSh va KXDR sammiti doirasida uchrashdi.
Izoh (0)