Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Braziliya poytaxti Brazilia shahriga yuqoridan qaralsa, qanotini yoyib turgan qush shakli namoyon bo‘ladi. Bunday rejalashtirishga shaharning bo‘sh joyda bir boshdan qurilgani hisobiga erishilgan. TravelAsk ana shu shahar haqida hikoya qildi.

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

XVIII asr oxiridan 1960-yilgacha Braziliya poytaxti Rio-de-Janeyro shahri bo‘lgan. Atlantika okeani qirg‘og‘ida mamlakat aholisning katta qismi va asosiy iqtisodiy faoliyat joylashgan edi. Shu bilan bir vaqtda, Braziliyaning qit’a ichidagi hududlari kam o‘zlashtirilganicha qolardi.

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Rio-de-Janeyro va San-Paulu mamlakatning yirik shaharlari edi, bunda San-Paulu ham poytaxtlik uchun da’vogarlik qilardi. Bu raqobatga chek qo‘yish, shuningdek, mamlakatning ichki hududlarini rivojlantirish uchun poytaxtni qit’a ichiga ko‘chirishga qaror qilingan.

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Poytaxtni Rio-de-Janeyrodan Braziliaga ko‘chirish haqidagi yakuniy qaror prezident Juselinu di Oliveyra davrida, 1960-yilda qabul qilingan. Bu haqdagi gaplar esa XIX asrning oxiridan buyon davom etgan edi.

Bo‘lajak poytaxtning bosh me’mori etib Lusio Kosta tanlangan, poytaxtning o‘ziga xosligi esa uning sun’iy Paranoa ko‘li bo‘yida joylashgani bo‘lgan. Aynan ana shu suv havzasining kesilgan qirg‘oq chizig‘i butun shaharni loyihalashtirishning boshlanish nuqtasi bo‘lib xizmat qilgan. Paranoadagi to‘g‘on 1959-yilda, poytaxt ko‘chirilishi oldidan qurilgan va poytaxt hududiga elektr energiyasi yetkazib berishi kerak bo‘lgan.

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Bugungi kunga kelib GES megapolisning o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondira olmayapti. Ko‘l shaharning sharqiy tomonida bo‘lib, uning qirg‘oqlarida poytaxtning ma’muriy, sport va madaniy binolari joylashgan.

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Poytaxt ko‘chirilganidan keyin o‘tgan 50 yildan ortiq vaqt ichida 140 ming aholisi bo‘lgan shaharcha 2,5 million aholiga ega iqtisodiy rivojlangan megapolisga aylandi. Poytaxtni ko‘chirish bo‘yicha reja mualliflari Brazilia aholisi 2000-yilga qadar 500 ming kishidan oshadi, deb hisob-kitob qilgan, biroq bu ko‘rsatkich 1970-yilda zabt etilgan. Shu bois shaharni rejalashtirish bo‘yicha bir qator o‘zgarishlar yuzaga kelgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Xarkovdagi Starlink antennasi, orkestr ostida safarbarlikka kuzatilayotgan rossiyaliklar. Urushning 215-kunidan fotoreportaj
Dunyo
Rossiyadan Osiyoga neft eksporti kamayadimi?
Madaniyat
Gollivud aktyori Alek Bolduin sakkizinchi marotaba ota bo‘ldi