Xitoyning Shanxay shahri yaqinida 80 metrli eski kon o‘rnida qurilayotgan mehmonxona bitish arafasida turibdi. Yer yuzasiga binoning faqat ikki qavati chiqadi. TJournal inshootning suratlarini taqdim etdi.
Mehmonxonada 370 ta xona, majlis zallari, dam olish hududlari va restoranlar bo‘lishi rejalashtirilgan.
Qurilish bitganidan so‘ng bino tomida dam olish hududini ochish rejalashtirilmoqda. Buning uchun u yerda daraxt ekiladi va maysazor barpo qilinadi. Rejaga ko‘ra, bino markazidan sharshara tushadi va u mehmonxonaning asosiy ramzi bo‘ladi.
Izoh (0)