KXDR rahbari Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish uchun Singapurga yetib keldi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, uning tashrifidan so‘ng Singapurda xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda. Sammit tadbirlari o‘tadigan hududlar politsiya tomonidan qo‘riqlanmoqda. Ular orasida Sentosa orolidagi “Kapella” mehmonxonasi, shuningdek, davlat rahbarlari yashaydigan “Shangri-La” va “Sent-Rejis” mehmonxonalari bor.
Ma’lum bo‘lishicha, Kim Chen In va uning qurshovidagilarni Singapurga olib kelish uchun to‘rtta samolyot talab qilingan. Ulardan birinchisi — Air China aviakompaniyasining Airbus A330 samolyotida mamlakat delegatsiyasi a’zolari va qo‘riqchilarning bir qismi kelgan. O‘sha kompaniyaga qarashli Boeing 747 da Shimoliy Koreya yetakchisining o‘zi kelgan. Shimoliy Koreyaning Air Koryo aviakompaniyasiga tegishli Il-76 transport samolyotida Kim Chen Inning zirhlangan Mercedes mashinasi olib kelingan. Singapurga oxirgi qo‘ngan Il-62 esa zaxira borti deb taxmin qilinmoqda.
Kim Chen In va Donald Tramp uchrashuvi 12-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)